Futboldagi qizil kartochka, o‘yinchining diskvalifikatsiyasini, ya’ni uning match oxirigacha maydondan chiqarilishini bildiradi. O‘yin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish,doimo bunday jazoni olishga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘ta xavfli o‘yin, raqibga jarohat yetkazish, hakamni haqorat qilish yoki u bilan jismoniy tortishish.
Futbol qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan o‘yinchi uchun buning oqibatlari juda jiddiy bo‘lishi mumkin. Masalan, maydondagi mushtlashish uchun o‘yinchi 5 va hatto 10 matchga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Ko‘pchilik bukmeykerlik idoralari, matchdagi qizil kartochkalar soni uchun garovlar qabul qilishadi. Bunday garovlar qabul qiladigan va pasportsiz va tekshirishsiz ishlaydigan bukmeykerlik idoralarining ro‘yxati – Bizning saytimizda.
Qizil kartochka beriladigan asosiy qoidabuzarliklar
- O‘zini agressiv tutish, masalan, raqibni, hakamni, jamoa xodimlaridan birortasini, shuningdek matchning boshqa qatnashchisini urish.
- Matchning boshqa bir qatnashchisini haqorat qilish.
- Raqib yoki matchning boshqa qatnashchisiga tupurish.
- Bilib turib raqibga gol urishga halal bergan holda qo‘l bilan o‘ynash (bu o‘yin vaqtida jarima zonasi doirasida o‘ynayotgan darvozabonga talluqli emas).
- Qayta ogohlantirish olish (sariq kartochka).
Murabbiyga sariq kartochka
Futbolda, murabbiyga maydonga chiqqani, hakamga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun ko‘rsatilishi mumkin. Jamoaning boshqa qatnashchilari ham jazolanishlari mumkin, hatto, tibbiy xodimlar ham. Ular, faqat hakamning ruxsati bilangina maydonga chiqishlari mumkin (jarohat olgan o‘yinchiga yordam ko‘rsatish uchun).
UYEFA Yevropa Ligasi – milliy chempionatlarning turnir jadvalida ma’lum o‘rinlarni egallagan ko‘plab yevropa jamoalari qatnashadigan har yilgi futbol turniri. Har xil mamlakatlarning chempionatlari har xil mohirlik darajasiga egaligini inobatga olsak, Yevropa Ligasida ko‘pincha haqiqiy peshqadam va autsayderlar uchrashadilar. Albatta bunday o‘yinlarda, qizil kartochkalar soni ko‘p bo‘ladi.
Diskvalifikatsiya uchun nechta sariq kartochka kerak bo‘ladi
Qizil kartochka olish va maydondan chiqish uchun alohida sabab – ikkita sariq kartochka olishdir. Agar o‘yinchi bitta match davomida ikkita ogohlantirish olsa, u avtomatik tarzda qizil kartochka “ishlab oladi” va maydondan chiqariladi. Bunda, qoidabuzarliklar bir xil bo‘lishi shart emas. O‘yinchining har qanday sportga xos bo‘lmagan o‘zini tutishi uchun 2 ta sariq kartochka olishi uning maydondan chiqarilishiga olib keladi.
Darvozabonga qizil kartochka
Darvozabon ham, har qanday o‘yinchi kabi qizil kartochka olishi mumkin. Darvozabonga nima uchun qizil kartochka berilishi mumkin? Xuddi yuqorida sanab o‘tilgan qoidabuzarliklar uchun. Darvozabonning o‘z darvozasi atrofidagi jarima zonasi ichida qo‘li bilan o‘ynash huquqiga egaligi bundan mustasno.
Darvozabon qizil kartochka olsa nima bo‘ladi?
“Qizil kartochka” so‘rovi bo‘yicha Yutub ko‘plab bunday vaziyatlarni chiqarib beradi. Futbolda darvozabon maydondan chiqarilganidan so‘ng maydon o‘yinchilarining jarima zarbalarini o‘zlariga olishlari yig‘imi quyidagilardir:
Zidan va Materatstsi 2006 yilgi JCh da
Muhim o‘yinchining maydondan chiqarilishi, match natijasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Ko‘pchilik 2006-yildagi, finalda Frantsiya va Italiya terma jamoalari uchrashgan jahon chempionatini esdan chiqarishmaydi. Qo‘shimcha vaqtning ikkinchi taymida, frantsuzlar kapitani Zinedin Zidan Mark Materatsining haqoratiga javoban uning ko‘kragiga kalla urgan edi.
Buning uchun, matchning bosh hakami, Zidanga qizil kartochka ko‘rsatgan. Italiya terma jamoasi, matchdan so‘nggi qator jarima to‘plari seriyalarida jahon chempioni unvonini yutgan edi. Hozir esa faqat bashorat qilish mumkin: agar Zidan maydondan chiqarib yuborilmasa Frantsiya chempionat oltinini yuta olarmdi? Biroq fakt faktligicha qoladi – o‘z kapitanisiz, jamoa asosiy futbol yutug‘ini ola olmadi.
How useful was this post?
Click on a star to rate it!
Average rating 3.3 / 5. Vote count: 3
No votes so far! Be the first to rate this post.